“Bilayn” 3G tarmoqlari O‘zbekistonning 130 ta shahari va aholi punktida ishga tushirilgan
16.09.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbekistonning barcha hududlarida uchinchi avlod tarmoqlarini ishga itushirilganligi haqida e’lon qiladi. Ilk bor mamlakatning millionlab aholisida 7,2 Mbit/s tezlikdagi keng tarmoqli mobil Internet xizmatlaridan foydalanish imkoni tug‘ildi.

beeline_16_09_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “Biz O‘zbekiston aholisiga Mustaqillkining 20 yilligi munosabati bilan yana bir munosib sovg‘a qilganimizdan xursandmiz. Agarda bir yil oldin biz Farg‘onaning yirik shaharlarida 3G tarmog‘ini qurgan bo‘lsak, bugun esa katta tezlikdagi mobil Internet barcha viloyatlarga keldi. Ishonamanki, uchinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish mamlakatni internetlashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” 2008 yil 2 dekabr kuni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib HSPA protokolini (angl. High Speed Packet Access – ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish) qo‘llab-quvvatlovchi birinchi 3G mobil tarmog‘ining tijorat ekspluatatsiyasini boshladi. “Unitel”ning uchinchi avlod tarmog‘i bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi HSPA standarti keng tarmoqli Internetga ham 3G amal qiluvchi telefonlar, ham “Bilayn” 3G-modemlari yordamida to‘laqonli uzluksiz ulanishni ta’minlaydi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq