Beeline G2100 telefoni bir yillik bonuslari bilan endilikda Beeline Business mijozlariga ham sotiladi
09.09.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) birinchi brendlangan Beeline G2100 telefonini taqdim qiladi. Yangi apparatning asosiy afzalliklari uning oddiyligi va $41 bo‘lgan arzon narxda ishlatish qulayliklari hisoblanadi. Telefon sotib olinganda mijozga yil davomida har oyda tarmoq ichida chiquvchi 100 daqiqa va chiquvchi 100 ta SMS taqdim qilinadi.

“Yangi model ommavyi bozorda o‘zinig funksionalligi va yengil qo‘llanilishi bilan e’tibor qozonib bo‘ldi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantiri bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Beeline G2100 – bu faqatgina birinchi telefonimiz va uning ketidan navbatdagi devayslar chiqadi”.

beeline_9_09_2010

Telefonning texnik xossalari:
• Tarmoq: GSM 900/1800.
• Displey: 1.47” 65K CSTN LCD.
• O‘rnatilgan antennali FM radio (garniturasiz ishlaydi).
• 16-taronali polifoniya.
• Baland ovozda bog‘lanish.
• 300 ta kontaktga mo‘ljallangan telefon kitobchasi.
• 100 SMS saqlab qolish imkoniyati.
• Budilnik.
• Kalkulyator.
• Kalendar.
• SMS markaz va ovozli pochta raqami (0600) oldindan o‘rnatilgan.

Sotib olingan telefonni oldindan to‘lov tizimining istalgan tarif rejasiga ulash mumkin. Bitta tarifdan boshqasiga o‘tilganda bonuslar kuymaydi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq