“Bilayn” hisob har 5000 so‘mga to‘ldirilganda 500 ta SMS sovg‘a qiladi
07.09.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yozgi aksiya qayta boshlanganligi haqida xabar beradi. 2011 yil 25 sentabrga qadar hisobni bir martalik 5000 so‘mdan yuqori bo‘lgan mablag‘ga to‘ldirib, abonent 500 ta mahalliy SMS ni sovg‘a tariqasida oladi.

“Biz bonusli SMS larni sovg‘a tariqasida taklif qilgan holda o‘z abonentlarimizga yana bitta bayramona tuhfa qilmoqdamiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – bu aksiya o‘tgan yozda rosa ommalashdi va shuning uchun uni sentabr oyida o‘tkazishga qaror qilindi”.

beeline_7_09_2011

Bonusli SMS larni amal qilish muddati – 3 kun. Hisob ko‘rsatilgan summada qayta to‘ldirilganda bonusli xabarlar qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati oxirgi to‘ldirilgan kundan boshlab yana 3 kunga uzaytiriladi. Bepul SMS lar qoldig‘ini *105# USSD-komandasi orqali tekshirish mumkin.

Aksiya poytaxt va Toshkent viloyatidagi “O!” tarifidan, shuningdek “Xit” seriyasi tariflaridan tashqari oldindan to‘lov tizimidagi barcha tarif rejalarida amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq