Qiziqarli fAKTlar. Mashhur IT-kompaniyalari nomlarining kelib chiqish tarixi

Jurnalimizning avvalgi sonidagi jahon IT-kompaniyalari nomlarining kelib chiqishi haqidagi hikoyamizni davom ettiramiz.

Panasonic Corporation

akt_6_09_2011_9

Panasonic Corporation — Yaponiyaning katta mashinasozlik korporatsiyasi, jahonda yetakchi maishiy texnika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bo‘lib hisoblanadi. 2007-yil kompaniya Fortune Global 500 kompaniyalar global reytingida daromad hajmi bo‘yicha 59-o‘rinni egalladi.

2008-yil 1-oktabrgacha kompaniya Matsushita Electric Industrial Co., Ltd. nomi (Panasonic ushbu kompa-niyaning savdo belgilaridan biri bo‘lgan) bilan atalgan. Bosh ofisi — Osaka prefekturasi Kadoma shahri(Yaponiya)da joylashgan.

akt_6_09_2011

Konosuke Matsusita (1894 – 1989 yillar), Matsushita Electric Industrial korporatsiyasi asoschisi

1918-yilda tashkil etilgan davrdan boshlab, kompaniya Matsushita Electric Housewares Manufacturing Works sifatida mashhur bo‘lgan, 1929-yilda Matsushita Electric Manufacturing Works deb qayta nom olgan.

1935-yildan kompaniya Matsushita Electric Industrial Co., Ltd. nomi bilan ataldi va aksiyadorlik korporatsiyasiga aylantirildi. Kompaniya uzoq vaqt davomida Panasonic va National brendlaridan foydalangan bo‘lsa ham, 2003-yilda «Panasonik» brendi o‘zining — «Panasonic ideas for life» slogani bilan jahon bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun global brendi bo‘lib qolishga qaror qilindi.

XX asrning 60-yillari boshlaridan kompaniya maishiy videotexnikasi loyihachisi JVC (Victor Company of Japan, Limited) VHS standarti aksiyalari nazorat paketiga egalik qildi. 2007-yilda kompaniya JVC kompaniyasi nazorat paketini investorlar guruhiga sotadi.

2008-yil 1-oktabrdan Matsushita Electric Industrial Co., Ltd. kompaniyasi nomini Panasonic Corporation deb o‘zgartiradi. Kompaniyaning barcha brendlari ham qayta nomlandi. Ularning nomlarida Matsushita yoki National mavjud bo‘ladi. Nomini o‘zgartirish bilan birga, kompaniya Yaponiyada National brendining Panasonic brendiga to‘la o‘tishi ustida ishlar olib bordi, bu ishlar 2010-yil mart oyida yakunlandi.

Panasonic savdo belgisining tarixi
Panasonic savdo belgisi Matsushita kompaniyasi tomonidan 1955-yilda qabul qilingan. Ushbu savdo belgisi AQSH, Kanada va Meksikada foydalanish uchun mo‘ljallangan (avvaliga National savdo belgisidan foydalanish rejalashtirilgandi, ammo bu nom boshqalar tomonidan qayd etib bo‘lingan edi). Panasonic nomi «pan» qadimiy yunon so‘zidan olingan bo‘lib, «barchasi» deganini anglatadi va lotincha «sonic» — «tovushli» so‘zidan tashkil topgan, chunki ushbu savdo belgisi audio-uskunalar uchun foydalanilgan edi.

Bugungi kunda kompaniya tarkibiga 638ta korxona kiradi. Mahsulotlar ishlab chiqariladigan asosiy savdo belgilari:
• Panasonic (ommaviy bozor uchun maishiy elektronika, shu jumladan, plazmali panellar, DVD, telefonlar, proyektorlar, raqamli fotoapparatlar hamda kompyuter chiplari, avtomobil uskunalari);
• Technics (audiotexnika, 2008-yildan boshlab, faqat didjeing uchun professional musiqa uskunalari uchun foydalaniladi);
• Lumix (Panasonic Lumix) — Panasonic raqamli fotoapparatlari turkumi subbrendi. Lumix savdo belgisi ostida apparatlar keng turlari: ixchamlaridan tortib to bir obyektivli oynali ko‘zgusimon kameralar ishlab chiqariladi.

Kompaniya tomonidan endi foydalanilmaydigan savdo belgilari:
• National (Yaponiya bozorlari uchun maishiy elektronika, 2008-yildan foydalanilmaydi);
• Quasar (Shimoliy Amerika bozorlari uchun arzon maishiy elektronika, 2008-yildan foydalanilmaydi);
• Ramsa (professional audio uskunalar, 2008-yildan foydalanilmaydi).

Faoliyat ko‘rsatkichlari
Xodimlarining umumiy soni — 328 ming (2007-yil 31 mart ma’lumotlariga asosan) kishidan iborat. 2009-yil 31-martda tugagan moliya yili uchun daromadi — 7,77 trln ien, operatsion daromadi — 72,9 mlrd. ien, zarari 378,96 mlrd. ienni ($4 mlrd) tashkil etdi.

2011-yil mart oyida, kompaniyaning bosh direktori, Dzyun’itiro Kitagava, Yaponiyadagi zilzila oqibatida kompaniyaning uchta zavodi zarar ko‘rganligini, bu holat raqamli apparatlarni sotishda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini xabar qildi.

akt_6_09_2011_1

Matsushita Electric Industrial korporatsiyasi savdo belgilari logotiplari evolyutsiyasi

Tarixi
1918 — yaponiyalik ishbilarmon Konosuke Matsusita tomonidan Matsushita Electric Factory zavodi tashkil etildi.
1927 — National savdo belgisi taqdim etildi.
1931 — radiopriyomniklar ishlab chiqarilishi boshlandi.

akt_6_09_2011_2

Birinchi National radiopriyomniklaridan biri, 1931-yil.

1932 — radio uskunalarni yaratish va Yaponiyada elektronika sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida boshqa yapon ishlab chiqaruvchilariga bepul taqdim etishga patent sotib olindi.
1933 — kompaniyaning bo‘linishi tizimini qabul qilish; Kadomada, Osaka prefekturasi, katta zavod qurilishi; ishlab chiqarish yangi zavodga ko‘chirib o‘tkazildi.
1935 — Matsushita Electric Industrial Company restrukturizatsiyasi; Matsushita Electric Works kompaniyasining sho‘ba korxonasi tashkil etildi.
1941 — harbiy mahsulotlar, kemalar va yog‘ochdan samolyotlar ishlab chiqarila boshlandi.
1946 — Ittifoq qurolli kuchlari Bosh shtabi (Allied Powers General Headquarters) tomonidan kompaniyaga cheklashlar belgilanishi.

akt_6_09_2011_3

1951-yilgi National savdo belgisi bilan qora-oq rangli 17 duymli televizor

1951 — yilda National savdo belgisi bilan ishlab chiqarilgan, qora-oq rangli 17 duymli televizor.
1952 — Niderlandiyaning Philips Electronics kompaniyasining texnik hamkorligi ostida Matsushita Electric Industrial Company kompaniyasining tashkil etilishi; yangi zavodni tashkil etish va yanada rivojlantirish boshlandi.
1954 — JVC kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
1957 — National savdo belgisi ostida mahsulotlarni sotishga mo‘ljallangan samarali tizim National Shop — savdo tarmog‘i yaratildi.
1965 — ishchilar uchun ikki kunlik dam olish kunlari amalga kiritildi; savdo jarayoniga jalb etiluvchi bo‘g‘inlar sonini kamaytiruvchi yangi savdo tizimi qabul qilindi.
1977 — VHS formatitagi videokassetalar savdosi boshlandi.
1979 — keyinchalik DJ industriyasida jahon standartiga aylanib qolgan mashhur Technics SL-1200 MK2 vinil xay-fay ishlab chiqarildi.

akt_6_09_2011_4

1982 — yil, Panasonic’dan CD-pleyer ishlab chiqarildi.
1983 — Panasonic JR-200 uy kompyuteri ishlab chiqarildi.

akt_6_09_2011_5

Birinchi Panasonic videokamerasi 1985-yilda sotuvga chiqarildi

1986 — Yaponiyada savdo belgisi sifatida Panasonic nomidan foydalana boshlandi.
1987 — non pishiriladigan pechlar ishlab chiqarila boshlandi.
1989 — texnologik bo‘limlar keng miq’yosli islohotlari boshlandi.
1990 — National savdo belgisi ostidagi maishiy elektronikalar Panasonic (Yaponiyada) deb atala boshlandi.
1993 — o‘zining birinchi 3DO Interaktive Multipleyer o‘yin konsoli bilan Panasonic videoo‘yinlar bozorida daromad olishga urinib ko‘rdi; Sony PlayStation tomonidan kuchli raqobat ushbu qurilmaning rivojlanishiga imkon bermadi va 1995-yil oxirida uni ishlab chiqarish to‘xtatildi.
1993 — Philips bilan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitim bekor qilindi va yopiq litsenziya rejimiga shartnoma o‘zgartirildi.
1994 — Shun Hing Electric Works (Hong Kong) bilan Panasonic Shun Hing Industrial Sales (Hong Kong) Co., Ltd va Panasonic SH Industrial Sales (Shenzen) Co., Ltd in China qo‘shma korxonalari tashkil etildi; Shun Hing — Rasonic savdo belgisi — Panasonic nazorati ostiga o‘tadi.
1997 — sho‘ba kompaniyalar soni kamayishiga olib kelgan guruhlar birlashishi siyosati yaratildi.
2001 — Panasonic DVD’dan foydalanuvchi Nintendo GameCube (Yaponiyada) ishlab chiqarildi.
2002 — AQSH va Yevropada Technics savdo belgisi ostida sotilgan mahsulotlar Panasonic deb qayta nom oldi.
2003 — jahon brendi va «Panasonic. Ideas for life» shiori taqdim etildi.
2008 — kompaniyaning Matsushita Electric Industrial Co., Ltd. nomi Panasonic Corporation deb o‘zgartirildi.

Philips

akt_6_09_2011_6

Koninklijke Philips Electronics N.V. (Filips, ingl. Royal Philips Electronics) — elektronika, tibbiyot uskunalari va yoritish texnikasi sohasida ishlovchi katta xalqaro konserndir.

«Filips» konsernining tarixi

akt_6_09_2011_7

«Filips» Konsernining Amsterdam shahridagi bosh ofisi

«Filips» Konserni 1891-yilda tashkil etilgan. Aka-uka muhandis Gerard va Anton Filipslar uning asoschilari hisoblanadilar. Ular Eyndxoven shahrida kichik, ishchilari soni 10 kishi va mahsuldorligi kuniga 100—200 lampalar ishlab chiqarishga ega bo‘lgan elektrlampalari ishlab chiqarish bo‘yicha fabrikani ishga tushiradilar. Bir necha yillar o‘tib, «Filips gluylampenfabriken NF» («Filips elektrlampalari zavodi») mamlakatda mashhur bo‘lib ketadi va 1916-yildayoq Niderlandlar qirolichasi Vilgelmina Filipslar korxonasiga qirollik korxonasi —(«Koninklek» qo‘shimchasi bilan) deb atalishga huquq berdi. Gerard va Anton Filipslar qudratli ishlab chiqarishni yaratish bilan birga, jahonga biznesga yangi munosabatlar namunasini ham ko‘rsatdilar. Konsernda ularning — «Raqamlar muhim, ammo insonlar muhimroq» — shiorlariga avloddan-avlodga albatta, amal qilib kelinadi. 1999-yilda Niderlandiyada aka-ukalar vafotlaridan so‘ng «XX yuz yillikning eng yaxshi tadbirkorlari» nomlarini oldilar.

akt_6_09_2011_8

Aka-uka-muhandislar Gerard va Anton Filipslar

1971-yilgacha Konsernga Filipslar oila a’zolari rahbarlik qildilar, Frits Filips (Anton Filpsning o‘g‘li) ulardan oxirgisi bo‘ldi. Frits Filips 25 yoshida kompaniya rahbariyati qatoriga kiradi, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kompaniyani rivojlantirish siyosati natijasida oilaviy korxona yetakchi jahon konserniga aylandi. 2005-yilda Frits Filips 100 yoshda vafot etdi. Hozirgi kunda konsernga Gerard Kleysterle rahbarlik qiladi, bosh ofisi esa yaqinda Eyndxovendan Amsterdamga ko‘chirib o‘tkazildi.

2006-2007 yillarda Royal Philips Electronics konserni asta-sekinlik bilan mobil telefonlar ishlab chiqarish bo‘linmasi Xitoyning China Electronics Corporation (CEC) kompaniyasiga sotib yuborildi. CEC Kompaniyasi Philips brendidan besh yillik foydalanish huquqini oldi.

Konsern hozirgi kunda
Hozirgi kunda konsern Yevropada yetakchi maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi bo‘lib hisoblanadi. «Filips» lampalar, radiopriyomniklar, elektr ustaralari, magnitofonlar, televizorlar, kompyuterlar, lazerli disklar, tibbiyot texnikasi, mobil telefonlar, TDA SAA SAB mikrosxemalar seriyasi va boshqalarni ishlab chiqaradi. 2007-yilda savdo hajmi 25 mlrd. yevrodan ortiqni tashkil etdi. Konsernning korxonalari 60ta mamlakatda joylashgan, ularda 120 mingdan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi.

Intellektual mulk Butunjahon tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, «Filips» patent olingan kashfiyotlar bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Faoliyati davomida Konsern biznesning 60 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha 115 mingdan ortiq patentni olgan. «Filips» tomonidan: magnitofon kompakt-kassetalari, kompakt-disk, GSM standartidagi mobil telefon, DVD, JPEG, MPEG texnologiyalari, ksenon avtomobil lampalari, UHP-lampalari yaratilgan. Faqatgina 2005-yilda «Filips» Yevropada 2404ta patent va Tayvanda 874ta patent olgan, bu esa «Samsung» yoki «Soni»ga nisbatan taxminan ikki barobar ko‘p. Konsern har yili tadqiqotchilik faoliyatiga kompaniya aylanma mablag‘laridan 8 foi-zidan ortig‘ini yo‘naltiradi.

Birinchi tajriba telepriyomnigi chiqarilgandan so‘ng 83 yil o‘tib, Philips kompaniyasi televizorlar ishlab chiqarishdan voz kechdi. Aftidan kompaniya Osiyolik ishlab chiqaruvchilarga qarshilik qilishga qodir bo‘lmay qoldi. 2011-yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha, Philips televizorlar ishlab chiqarishda 87 mln. yevro zarar ko‘rdi. Kelajakda panellar ishlab chiqarilishi bilan AOC International Gonkong firmasi bilan hamkorlikdagi «TPV Technology» qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi.

Orphus system