Poytaxt va Toshkent viloyati uchun aksiya: hisob to‘ldirilganda tarmoq ichida $0
06.09.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) poytaxt va Toshkent viloyati aholisiga “O!” tarifi bilan aksiya o‘tkazmoqda. Endilikda hisobni 2000 so‘mga to‘ldirib, abonent bir hafta davomida tarmoq ichida bepul so‘zlashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, bir haftalik tarmoq ichidagi bepul so‘zlashish “O!” tarifiga yangi ulanganda ham sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov shunday dedi: “Biz Mustaqillik kuniga poytaxt hududi aholisi uchun munosib sovg‘a qila olganimizdan xursandmiz. Bayramlar o‘tdi, biroq aksiya davom etmoqda, shuning uchun poytaxt va Toshkent viloyatidagi har bir abonent ilgaridagidek “Bilayn” ichki tarmog‘ida o‘ziga va o‘z yaqinlariga bepul so‘zlashuvni ta’minalshi mumkin”.

Bepul so‘zlashuv abonent Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida bo‘lgandagina amal qiladi. Bunda taqdim qilingan bepul daqiqalarni O‘zbekistonning istalgan viloyatidagi abonentlargi tarmoq chidagi qo‘ng‘iroqlarga sarflash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O!” tarifida tarmoq ichida chiquvchi qo’ng’iroqning birinchi daqiqasining narxi – $0,02, ikkinchi daqiqa esa atigi $0,01, keyingi muloqot mutlaqo bepul. “O!” tarif rejasida barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar ham bepul. Abonent to‘lovi – $0. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq