Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari mukofotlanishdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoniga sazovor bo‘lishdi.

20_29_08_2011

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida tantanali yig‘ilish va mukofotlarni topshirish marosimi o‘tkazildi. Agentlik Bosh direktori X.Muhitdinov yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi.

20_29_08_2011_1

“Mustaqillik yillarida har jabhada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanib borishi, mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangani yaqqol namoyon bo‘lmoqda”, – dedi H.Muhitdinov. – “Bu o‘z navbatida, davlatimizning xalqaro hamjamiyatda mavqei yanada oshishiga, iqtisodiyotimizning o‘sishi, faol axborot jamiyatining yuzaga kelishiga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturlar mamlakatimizda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarni amalga oshirish imkonini yaratdi. Bu vazifalarning bajarilishida o‘z kuchi va bilimini ayamagan aloqachilar hissasini alohida e’tirof etish joiz. ”

20_29_08_2011_2

Marosimda, shuningdek, aloqa va axborotlashtirish sohasining yuqori darajaga yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh aloqachilar Agentlik buyrug‘iga ko‘ra kasbga oid idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

20_29_08_2011_3

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoniga sazovor bo‘lganlar.

20_29_08_2011_4

Soha mukofotlari bilan taqdirlanganlar.

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni hamda soha mukofotlari bilan taqdirlangan soha xodimlarining to‘liq ro‘yxati “Xabar” gazetasining 2011 yil 2 sentabrdagi 35-sonida chop etiladi.

Orphus system