“Bilayn”ning bayram vaxtasi
28.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “GolfSTREAM” keng tarmoqli Internet xizmati mijozlariga bayram kunlari “Vaxta” tarif rejasi ishlashi haqida xabar beradi. Dam olish kunlari ko‘chirilishi munosabti bilan “Vaxta” tarif rejasi 2011 yil 29 avgust 00:00 dan 2 sentyabr 09:00 gacha ishlaydi.

Mazkur voqeani sharhalar ekan, “Buzton” QK MCHJ Bosh direktori Erkin Achildiev shunday dedi: “Vaxta” tarifi shartlarining bayram kunlarida amal qilishi – kompaniyaning an’anaviy tajribasi va biz mijozlarimizga bu kabi sovg‘a qilganimizdan xursandmiz. Endilikda mazkur tarif rejasining har bir foydalanuvchisi Mustaqillikning 20 yilligini “Bilayn”ning yaqori tezlikdagi Interneti bilan kutib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Vaxta” tarif rejasi bo‘yicha $15 liy oylik abonent to‘loviga 256 Kbit/sek tezlikdagi 3000 Mb trafik kiritilgan. Bunda Internet xizmatlari oddiy kunlarda 00:00 dan 09:00 gacha, dam olish kunlarida esa – sutka davomida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq