1 raqamli rouming-operator butun dunyo bo‘ylab hamkorlari bo‘yicha 400 talik ko‘rsatkichdan oshdi
28.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligini nishonlash arafasida xalqaro ovoz roumingi geografiyasini yana bir bor kengaytirib, butun dunyo bo‘ylab rouming-hamkorlar bo‘yicha 400 talik ko‘rsatkichdan oshdi.
“Bu haqiqatan ham kompaniyamiz uchun belgili voqeadir, — voqeani sharhlaydi “Unitel” MCHJning Texnik direktori Anton Golikov. – “Bilayn” O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming operator hisoblanadi va biz abonentlarimizga allaqachon quruqlikning katta qismida xizmatni ko‘rstaishni ta’minlaganmiz. Endilikda biz har bir mamlakatda katta tanlov imkoniyatini berish ustida ish olib bormoqdamiz”.
Hamkorlik keishuvlari “Tigo” (Laos), “Alfa” (Livan), “QCell” (Gambiya) va “Wind” (Kanada) operatorlari bilan imzolandi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi