“Beeline Club” ikki millionlik ko‘rsatkichdan o‘tdi
27.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” ga ikki millioninchi ishtirokchi qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi.

Endilikda “Beeline Club” 2 000 000 dan ortiq kishini birlashtiradi. Loyihaning hamkorlik tarmog‘ida – O‘zbekistoning 9 ta shaharidagi 130 dan ortiq kompaniyalar. Ular “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari bo‘yicha chegirmalarni taqdim qiladilar, ballar almashtiriladigan bonuslar qatorida esa – muloqot daqiqalari, mahalliy va xalqaro SMS lar, shuningdek, GPRS-paketlar va boshqalar.

beeline_27_08_2011

“Beeline Club” kompaniya tarixida eng masshtabli loyihalrdan biriga aylandi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Mamlakatimiz Mustaqilligining 20 yilliga arafasida ikkimillionlik ko‘rsatkichdan o’tganimizdan xursandmiz. Ishonamanki, bonus dasturining ommaviyligi muloqotni oddiy va arzonligi, shuningdek abonentlar uchun yangi imkoniyatlar ochishi bilan izohlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq