“Beeline Club” va “Amfora” tavernasi “Gold” va “Platinum” imtiyozli karta egalariga sovg‘a qilmoqdalar
25.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) va “Amfora” grek tavernasi “Beeline Club” kartalari egalariga O‘zbekiston Mustaqilligi Kuniga bag‘ishlangan yangi qo‘shma aksiya haqida xabar beradilar. 25 avgustdan 1 sentyabrga qadar ularga 60%lik chegirma beriladi.

“Eski hamkorlarimizdan birining tashabbusini qo‘llab-quvvatlagimizdan xursandmiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bir necha kunlardan so‘ng butun mamlakat Mustaqillikning yigirma yilligini nishonlaydi va men ishonamanki, klub kartalari egalari mazkur sovg‘ani munosib baholaydilar. Ayniqsa, “Amfora” – bu shundaygina milliy taomlar restorani emas, balki deyarli grek hayotining muzeyi hamdir”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq