Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona oyna” markazlari ishga tushirildi
23.08.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Bugun mamlakatimizning oltida shahrida telekommunikatsiya xizmatlari majmuasini bir joydan, bir operator orqali ko‘rsatilishi ta’minlovchi oltita “Yagona oyna” markazi ishga tushirildi.

aci_23_08_2011

Prezidentimiz tomonidan shu yilning 6 aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan butun mamlakatimiz bo‘ylab 1 sentabr kuniga qadar shu kabi 26ta, 2011 yil oxirigacha esa 50ta markaz foydalanishga topshiriladi.Prezidentimiz tomonidan shu yilning 6 aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan butun mamlakatimiz bo‘ylab 1 sentabr kuniga qadar shu kabi 26ta, 2011 yil oxirigacha esa 50ta markaz foydalanishga topshiriladi.

uztel_17_08_2011_1

Poytaxtimizda joylashgan “Yagona oyna” markazining ochilish marosimida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori H.Muhitdinov hamda soha korxonalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Agentlik bosh direktori mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida yurtimiz aholisiga telekommunikatsiyalar sohasida xizmat ko‘rsatishni yanada yengillashtirish maqsadida xizmat turlarini bir joyga jamlovchi “Yagona oyna” markazi ochilishi munosabati bilan barcha ishtirokchilarni qutladi.

aci_23_08_2011_1

Shundan so‘ng, soha rahbari o‘ziga xos ramziy tugmani bosish orqali korporativ sektor uchun telekommunikatsiya xizmatlari to‘plamini, UZONLINЕ savdo belgisi ostida chakana sektor va kichik biznes uchun yangi avlod telekommunikatsiya xizmatlarini, UZMOBILЕ savdo belgisi ostida CDMA-450 standarti asosida mobil va statsionar aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi markaz faoliyatini ochib berdi. Tadbir ishtirokchilari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu markaz kabi inshootlar bir vaqtning o‘zida Olmaliq, Samarqand, Jizzax va Nukus shaharlarida ham ishga tushirildi. Videokonferensaloqa orqali ushbu markazlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, u yerdagi mutaxassislar bilan muloqot uyushtirildi.

uztel_17_08_2011_4

“Yagona oyna” xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkillashtirishdan asosiy maqsad, “O‘zbektelekom” AK tomonidan ulgurji sektorda ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar majmuasini bir joydan, bir operator orqali ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yishdir. Mazkur ish tashkillashtirilgan holda mavjud va potensial mijozlarga xizmatlar ko‘rsatilishida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Dastlabki bosqichda “Yagona oyna” xizmat ko‘rsatish maskanlarida zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan telekommunikatsiya tarmoqlarida internet, mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda mazkur xizmatlar majmuasiga IP-telefoniya, IPTV, IP-kartochkalar savdosi xizmatlari ham qo‘shiladi.

uztel_17_08_2011_5

Ushbu “Yagona oyna” xizmat ko‘rsatish maskanlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi mustaqilligimizning 20 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq