“Mobil TAS-IX” xizmati endilikda “Bilayn” korporativ mijozlari uchun ham ochiq
16.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) TAS-IX zonasi saytlarida imtiyozli narxlar – Mb uchun atigi $0,01 da ishlash imkoniyatli “Mobil ofis” xizmatining yangi foydalanuvchilari uchun alohida “Mobil TAS-IX” aksiyasi ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi.

“Internetlashtirish jarayonlari bugun O‘zbekistonda biznesning deyarli barcha segmentlarini qamrab oladi, – qayd qiladi “Unitel”ning Korporativ biznesnini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – “Mobil TAS-IX” xizmati yordamida mijozlarimiz Internetga bo‘lgan xarajatlarini nafaqat optimallashtiradilar, balki imtiyozli shartlar asosida o‘z saytlarida ishlash kabi noyob mkoniyatlarni qo‘lga kiritadilar”.

Xizmatdan foydalanish uchun “local.beeline.uz” – APNning yangi kirish nuqtasi bilan bog‘lanish lozim. Bunda faqatgina TAS-IX zonasidagi “.uz” domenli saytlarga kirish mumkin bo‘ladi. “local.beeline.uz” kirish nuqtasi yoqilgan holatida GPRS paketlar amal qilmaydi. Internetga bog‘lanishga qaytish uchun APN “internet.beeline.uz” kirish nuqtasiga bog‘lanishga qaytishg lozim.

Aksiya shartlari 2011 yilning 31 oktyabriga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq