“Bilayn” “Bolalik makoni” IV Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Havo sharlari festivalini qo‘llab-quvvatladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “ZarExpo” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, “Bolalik makoni” bo‘lajak onalar, bolalar va o‘smirlar uchun eng yaxshi tovar va xizmatlarning IV Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida III Havo sharlari festivalini qo‘llab-quvvatladi

beeline_15_08_2011

11 avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Xamar” ko‘rgazmalar zalida mamlakatning yetakchi bezatuvchilari eng yaxshi degan nomni qo‘lga kiritish uchun tanlovda ishtirok etdilar.

beeline_15_08_2011_1

Mazkur voqeani sharhlar ekan, loyiha menejeri Aleksandra Maksumova shunday dedi: “Biz festivalni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun “Bilayn”ga minnatdorchilik bildiramiz. Tanlov haqiqatan ham ishtirokchilar hamda ko‘plab tamoshabinlar uchun yorqin voqeaga aylandi. Anjuman yuqori darajada o‘tdi va biz kelajakda hamkorlikni davom ettirishga umid qilib qolamiz”.

beeline_15_08_2011_2

Tanlov natijalari bo‘yicha “Yilning eng yaxshi bezatuvchisi” unvoniga yig‘ilganlarni chiqayotgan quyosh fonidagi koloritli surat bilan lol qoldirgan “M-SHAR” jamoasi sazovor bo‘ldi.

beeline_15_08_2011_3

“Bu kabi yorqin ijodiy tadbirlarda ishtirok etganligimizdan xursandmiz, – qayd qildi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Hamma ishlar o‘ziga xos jozibador edi va ularning har biri tomoshabinlarga quvonch baxsh etdi. Tashkilotchilarga kompozitsiyalarning bir qismini Markaziy ofisimizga olib ketishga ruxsat berganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz. Abonentlarimiz bezatuvchilarning mualliflik kreativlarini muvofiq baholashga ulgurdilar”.

beeline_15_08_2011_4

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system