Aloqachilar hasharda
15.08.2011
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: O‘zAAA.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligini nishonlashga tayorgarlik ko’rish doirasida yurtimiz bo’ylab umumxalq hayriya xashari o’tkazilmoqda.
Hashar doirasida hududlarni ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Korxonalar, tashkilotlar va turar joylar atrofi tozalanmoqda.
Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari poytaxtimizning gullab-yashnashiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shish maqsadida bugun keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Hashar yurtimizda tinchlik-totuvlik, hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish, yoshlar shuuriga chuqur singdirish va eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq