“Knigomir” do‘koni “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ining a’zosiga aylandi
12.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kitob va kanselyariya mollari bilan savdo qiluvchi “Knigomir” do‘konining “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. Xaridorlarga “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari 5% va 10% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Beeline Club” mijozlarimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olib, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Yaqinda yangi o‘quv yili boshlanadi va biz klub kartalari egalari yangi hamkorlarimizda faqatgina o‘zlarigagina emas, balki bolalari uchun ham ko‘plab kerakli narsalarni topishiga ishonamiz”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq