“Bilayn” xalqaro tennis turnirining hamkori bo‘ldi
11.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Samraqandda avgust oyida bo‘lib o‘tayotgan “Chellendjer” erkaklar o‘rtasidagi xalqaro tennis turnirining hamkori bo‘ldi.
Musobaqalarning bosh sovrini uchun 17 ta davlatdan sportchilar kurash olib bormoqdalar. Musobaqalarning barcha kunlari davomida turnirning Tashkiliy qo‘mitasi va hakamlik brigadasi “Bilayn”dan Internetga keng polosali kirish bilan ta’minlanadi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Markaziy hududy fililali direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: “Biz turnir tashkilotchilari Internet-xizmatlarini yetkazib beruvchini tanlashda bizda to‘xtalganliklaridan juda g‘ururlanamiz. Xalqaro darjadagi tadbirlarda ishtirok etish “Bilayn”dan taqdim etilayotgan xizmatlarning ishonchliligi va yuqori sifatliligidan darak beradi.
Sovrin jamg‘armasi $35 000 ni tashkil qilgan “Chellendjer” Samarqand turniri katta tennis sohasida yangi talantlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi