MTS-O‘zbekiston kompaniyasidan 10 000 megabaytlik yangi Internet-paket

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi yangi Internet-paket ishga tushirilganini ma’lum qiladi. Undagi Internet trafik 10 000 Mb.

MTS-O‘zbekiston kompaniyasi abonentlarga mobil Internetdan cheksiz foydalanish va doim online rejimda bo‘lish imkonini beradigan yangi taklif ishga tushganini ma’lum qiladi! Yangi «Internet 10000» Internet-paketida foydalanuvchilarga atigi $50 evaziga 10 000 Mb Internet trafik taqdim etiladi, bunda 1 Mb narxi atigi $0,005.

Quyidagi Internet-paketlarga ulanish mumkin:

mts_10_08_2011

«MTSning 3G tarmog‘i rivojlanishi va ma’lumotlar uzatish tezligi oshishi bilan abonentlarimizning mobil Internetga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda. Shu sababli biz 10000 megabaytlik yangi Internet-paketni taqdim etamiz va mobil Internetning aktiv foydalanuvchilari taklifimizga munosib baho beradi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shodmonov.

Bitta raqamga bir vaqtda 2 ta «Internet-paket»ni ulash mumkin. Har bir paketning amalda bo‘lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Paket narxi unga ulanganda olinadi.

MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. Sozlashlarni bepul «Sozlab ol» xizmatining 0876 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, avtomatik ravishda olish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot
Tariflar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning http://www.mts.uz saytida, 0890 raqami orqali Aloqa markazida yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system