Facebook tarmog‘ining Yorqinlar Hamjamiyatida 10000-ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) www.facebook.com dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqning korporativ sahifasining 10000- igtirokchisi ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabar beradi.

“Sentyabr oyi boshida Facebookdagi Yorqinlar Hamjamiyatiga bir yil to‘ladi, — qayd qiladi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bu davr mobaynida biz O‘zbekistondagi eng ommaviy sahifani joriy qilishga erishdik va bunda har bir foydalanuvchining hissasi bor. Aynan bizning do‘stlarimiz kundan-kunga hamjamiyatni yanada yorqinroq hamda qiziqarliroq qilmoqdalar va biz buning uchun minnatdormiz. Ijtimoiy tarmoqlar yanada talab qilinayotgan va samarali kommunikatsiya kanaliga aylanmoqda. Bu esa mijozlar bilan tezkor hamkorlik o‘rnatish uchun juda muhim hisblanadi”.

beeline_10_08_2011

Eslatib o‘tamiz, www.socialbakers.com nufuzli xalqaro portali ma’lumotlariga ko‘ra “Bilayn” O‘zbekistondagi 1 raqamli Facebook-brend hisoblanadi. Statistika bo‘yicha bugungi kunda O‘zbekistonda Facebookdan foydalanuvchilarning soni 80 000 dan ortiq kishini tashkil qiladi. “Bilayn”ning http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ sahifasiga obuna bo‘lganlarning soni 10 000 dan oshdi, axborotni har oyda ko’rishlar esa qariyb 500 000 martani tashkil qildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system