Beeline G2100 yangi telefon bilan yil davomida har oy tarmoq ichida 100 daqiqa va 100 ta SMS dan olish mumkin

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) yangi Beeline G2100 brendlashtirilgan telefonni taqdim qiladi. Yangi apparatning asosiy qulayliklari uning oddiyligi va 85000 so‘mlik arzon narxida ifodalanadi.

“Yangi model o‘zida funksionallik va arzon narxni uyg‘unlashtirgan, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Beeline G2100 – birinchi telefonimiz bo‘lib, u kompaniyaning mijozga yo‘nalganligini ifoda etadi. Aynan shuning uchun unga barcha ulanganlar uchun butun yil davomida jozibali bonuslar beriladi”.

beeline_9_08_2011

Beeline G2100 komlektida “O!” yangi tarifli SIM-karta beriladi. Uni $1,8 evaziga yoqtirgan apparat egasi yil davomida har oyda tarmoq ichida mutlaqo bepul ravishda 100 daqiqa va 100 ta SMS ga ega bo‘ladi. Mobil telefonni “Bilayn”ning rasmiy ofislarida hamda mamlakat bo‘ylab dilerlik salonlarida sotib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system