“Bilayn” “O!” yangi tarif rejaisni taqdim etadi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) tarmoq ichidagi so‘zlashuv yanada arzon bo‘lgan yangi “O!” tarif rejasi ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi. Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqning birinchi daqiqasi – $0,02, ikkinchi daqiqa esa atigi $0,01 ga teng bo‘lib, keyingi daqiqalar esa mutlaqo bepuldir.

“Endilikda “Bilayn” abonentlari o‘zaro ko‘proq so’zlashishlari mumkin – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – “O!” tarifiga tarmoq ichidagi mislsiz arzon naxdagi so‘zlashuvlardan tashqari, boshqa tariflarimizda bo‘lgani kabi, shahar raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari uchinchi daqiqadan boshlab bepul bo‘lishi tartibi ham tegishli bo‘ladi”.

“O!” tarifida barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul. Abonent to‘lovi – $0. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system