“Bilayn” Namangandagi shou-marafonni qo‘llab-quvvatladi
04.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Kamolot” O‘zbekiston yoshlari jamoatchilik harakati hamda Namangan viloyati Madaniyat va sport boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan Open Air shou-marafonini qo‘llab-quvvatlashi haqida e’lon qiladi.
“Biz oldinda turgan Mustaqillik yubileyiga bag‘ishlangan umumshahar miqyosdagi tadbirni qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel” ning Sharqiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – Yaqinda biz Namanganda 3G tarmog‘ini jiddiy ravishda kengaytirdik, shuning uchun marafon ishtirokchilari o‘rtasida “Bilayn” USB-modemlari o‘yini muvvaffaqiyat qozondi.
Bayram dasturi sport namoyishlaridan tashqari QZK-shou, diskoteka, shuningdek, barcha istovchilar uchun ko‘plab tanlov va viktorinalarni o‘z ichiga oldi. Barcha g‘oliblar “Bilayn”dan yo‘l-yo‘l yodgorliklardan tortib to 3G-modemgacha bo‘lgan turli xil esdalik sovg‘alarini oldilar.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi