“Bilayn” abituriyentlarga kirish imtihonlari natijalarini bilishga yordam beradi
03.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Zava Mobile” kontent-provayderi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Abiturient-2011” noyob axborot xizmatidan foydalanish imkoniyati haqida eslatib o‘tadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Butun mamlakat bo‘ylab kirish imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Yaqinda kerakli so‘rovni jo‘natgan abituriyentlar o‘z natijalarini bilishalri mumkin. Kompaniyamiz nomidan Bu yili O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonini topshirgan “Bilayn”ning barcha abonentlariga omad tilayman!”.

beeline_3_08_2011

Imtihon natijalari haqida axborot olish doirasida abonent 5151 qisqa raqamiga javob varaqasining raqami ko‘rsatilgan (masalan, 100003) SMS jo‘natib, quyidagicha javob oladi: N:100003, VUZ:355, BALL:195.5. Siz GRANT asosida o‘qishga qabul qilindingiz. Vi postupili na GRANT.

Mazkur xizmat orqali natijalarni Davlat test markazi kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilganidan so‘ng bilish mumkin bo‘ladi. Ushbu paytgacha abonentlar 5151 raqami bo‘yicha so‘rovlarga serverga kirishning imkoniyati yo‘qligi haqidagi javobni oladilar. Bu holda so‘rov ishlab berilgan hisoblanib, xabar jo‘natilganligi xizmat uchun o‘rnatilgan narxga muvofiq tarifikatsiyalanadi.

Chiqish xabarining narxi – $0,75. Batafsil ma’lumot www.zava.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq