“Bilayn” Ramazon oyida bepul xizmatlarni taqdim etadi
02.08.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbekiston aholisini muqaddas Ramazon oyi boshlanishi bilan muborakbod etadi.

Oy davomida operator abonentlari “Ramazon oyi” bepul xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bunda SMS ko‘rinishda har kuni kun chiqishi va botishi to‘g‘risida axborot beriladi. Servisni yoqtirish uchun 5454 raqamiga R matnli SMS jo‘natish lozim.

beeline_2_08_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Ramazon oyiga bag‘ishlangan har yilgi aksiyalar allaqachonn “Bilayn” abonentlari uchun yaxshi an’anaga aylangan. Mijozlarimiz mutlaq bepul asosda kerakli har kungi ma’lumotlarni olishlariga ishonishlari mumkin”.

“Bilayn” wap-portalida tarixiy shahar-yodgorliklar tasvirlari mavjud Ramazon oyiga bag‘ishlangan suratlarni tanlab olish mumkin. Batafsil ma’lumot wap.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq