“Bilayn” tarmoqlarni kengaytirish va modernizatsiyalashning navbatdagi bosqichini yakunladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) GSM va 3G tarmoqlarini modernizatsiyalashning keng miqyosli bosqichi yakunlanganligi haqida e’lon qiladi.

“Bizning kompaniya eng qisqa vaqt ichida o‘nlab shaharlarda uchinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirib, yana bir bor o‘zining innovatsion yetakchi mavqeini tasdiqladi – qayd qiladi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Millionlab kishilar soniyasiga 7,2 Megabitga yetuvchi 3G tezlikdagi mobil Internetga ulandilar. Bu mamlakatimzini internetlashtirish jarayoniga qo‘shilgan katta hissadir va biz O‘zbekiston aholisiga Mustaqillik yubileyi arafasida bu kabi sovg‘a qilganimizdan g‘ururlanamiz”.

beeline_1_08_2011

I yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekitonning barcha viloyatlarida yuzlab baza stansiyalari qurilib, tarmoq sig‘imi 20%dan ortiqqa oshirilgan. Bundan tashqari, “Bilayn” tarmog‘ining qamrov zonasi jiddiy ravishda kengaytirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system