“Beeline Club” ning hamkorlik tarmog‘i Buxoroda kengaytirilmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yetakchi rusumdagi erkaklar kiyimining aktual kolleksiyasini taklif qiluvchi “Bruno Bellini” butigining “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari xaridorlarga 15% va 20% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Beeline Club” o‘z sarhadlarini faol ravishda kengaytirib bormoqda va biz bu kengayish viloyatlarida ham amalga oshirilayotganligidan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqlar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ishonamanki, Buxorodagi “Bilayn” abonentlari yangi klub imtiyozlarini munosib baholaydilar”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system