“Bilayn” ofis ishini oyiga $15 evaziga yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Ofis 5 daqiqada” xizmatiga ulanish shartlari yengillashtirilganligini haqida xabar beradi. Endilikda ulanish bahosini yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan atigi $15 ga “Bilayn” dan 3G Wi-Fi-routerli integrallashgan yechimni olish mumkin.

“O‘tgan yili ishga tushirilgan “Ofis 5 daqiqa ichida” xizmati hanuzgacha O‘zbekiston bozorida noyobligicha qolmoqda, — qayd qiladi “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – Endilikda biz uni milliy tadbirkorlar uchun yanayam arzonlashtirmoqdamiz, chunki mamlkatimizda biznesni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Ishonamanki, mazkur aksiya mijozlarimizga Mutaqillik yubileyiga yaxshi sovg‘a bo‘ladi”.

Bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartidan tashqari “Beeline Business” “Ofis 5 daqiqada” xizmatiga ikki marotaba arzonlashtirilgan narxda – atigi $150 ga ulanishni taklif qilmoqda. Bu variantda mijozga oy oxiriga qadar 5000 Megabayt sovg‘a qilinadi.

beeline_27_07_2011

Eslatib o‘tamiz, “Ofis 5 daqiqada” – bu telefon aloqasi, Internetda ishlash, hamda kompyuter tarmog‘ini tashkillashtirish uchun kompleks yechimdir. “Bilayn” SIM-kartali ixchamgina 3G-router statsionar telefonni ulagan, xodimlarga internetda ishlash imkoniyatini taqdim etgan hamda lokal tarmoqni sozlagan holda butun ofis ishini mustaqil ravishda tashkillashtirish imkoniyatini beradi. 3G-routerga, tarmoq kabeli yordamida ulangan 2 ta kompyuterdan tashqari, 64 tagacha kompyuter va Wi-Fi dan foydalanilgan boshqa moslamalarni, shuningdek, 1 ta statsionar (analogli) telefon apparatini ulash mumkin. 3G-routerning dasturiy ta’minoti ayni vaqtda “Bilayn” ning 3G tarmog‘ida moslamaning ishini ta’minlash uchun avvaldan o‘rnatilgan moslamalarni o‘z ichiga olgan. Asbob-uskunalarni mustaqil sozlash uchun maxsus interfeys ko‘zda tutilgan.

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system