Sirdaryo viloyatida “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi o‘tkazilmoqda
25.07.2011
Rukn: Internet, Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi o‘tkazilayotganligi haqida habar beradi. O‘tgan haftada “Unitel” ning Toshkent hududiy filiali xodimlari Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 70- sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo‘ldilar.

“Aynan “Bilayn” to‘rt yil muqaddam Gulistonda ofis ochilishi jarayonida mazkur internatga informatika xonasi uchun kompyuter texnikasini sovg‘a qilganligi ramziy ahamiyatga ega, – deydi “Unitel”ning Toshkent hududiy filialining Direktori Archil Magradze. – endi esa xuddi shu kompyuterlar bizning kompaniya tomonidan simsiz Internet bilan ta’minlandi va bolalarda ko‘plab ta’lim saytlariga kirish imkoniyati tug‘ildi. Bu albatta ularning ta’lim olish jarayonida yordam beradi”.

Aksiya doirasida maktabning kompyuter xonasi Tarmoqqa 10 ta “Bilayn” USB-modemi yordamida ulandi. Eslatib o‘tamiz, ilgari “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi maktab, internat va Muruvvatlik Uylarida o‘tkazildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq