“Bilayn” oyiga $1 evaziga “Test-drayv” tarifli aksiyani davom ettirmoqda
22.07.2011
Rukn: Internet, Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Uyga optika” xizmati foydalanuvchilari uchun aksiya o‘tkazmoqda. Ularga 2011 yil 31 avgustga qadar abonent to‘lovi oyiga $1 ni tashkil qiladigan “Test-drayv” tarifiga ulanish taklif qilinmoqda. Bunda ulanganlar all.gs.uz va ftp.gs.uz saytlaridan cheklanmagan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Buzton” QK MCHJ Bosh direktori Erkin Achildiev quyidagilarni qayd qildi: “Bu taklif asosan Toshkent, Zarafshon va Uchquduqdagi ulanishni endi rejalashtirayotgan yoki provayder tanlashda qiynalayotgan FTTB (Fiber To The Building – inshootgacha optika) foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. “Test-drayv” tarifi bilan ular atigi bir dollar uchun bir oy davomida sekundiga 100 Megabitgacha bo‘lgan haddan tashqari katta tezlikdagi “Bilayn”ning optik tolali ulanish imkoniyatlarini sinay oladilar”.

beeline_22_07_2011

“Test-drayv” tarif rejasida tashqi saytlarga 256 Kbit/s tezlikda chiqish imkoniyatlari mavjud. Bunda tarifikatsiya 09:00 dan 00:00 gacha $0,03/Mb, 00:00 dan 09:00 gacha esa – $0,02/Mb ga teng bo‘ladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq