“Taya & T.Y.” do‘koni “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shildi
21.07.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) djinsilar, ayollar ko‘ylaklari, taqinchoqlar va aksessuarlarning keng assortimentini taklif qiluvchi “Taya & T.Y.” do‘konining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari xaridorlarga 5% va 10% lik chegirmalarni kafolatlaydi.
“Iyul oxiri – yozgi garderobni to‘ldirish uchun zo‘r vaqt va kuzgisini ham yangilash haqida o‘ylash kerak, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz “Beeline Club” kartalari egalariga poytaxtning eng zo‘r kiyimlar do‘konidan chegirmalar taqdim qilish imkoniyatimiz paydo bo‘lganligidan xursandmiz”.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.
Batafsil ma’lumot www.tayajeans.uz va www.beelineclub.uz saytlarida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi