“USB-modem shirin narxda!” aksiyasi 26 iyulga qadar uzaytirilmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “USB-modem shirin narxda!” aksiyasi 26 iyulga qadar uzaytirilganligi haqida e’lon qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Ko‘pchilikning iltimoslariga binoan aksiyasni yana bir necha kunga uzaytirishga qaror qildik. Bu qaysidir sabablarga ko‘ra eng qulay narxlarda 3G-modemga ega bo‘lish imkoniyatidan foydalana ololmaganlar uchun qilindi. Mobil Internet kundan-kunga ommalashmoqda va mijozlar foydasiga bu kabi qilingan qadam mutlaqo asosli deb hisoblaymiz”.

beeline_18_07_2011

Eslatib o‘tamiz, aksiya doirasida “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish 45 000 so‘mni tashkil qiladi, undan 4 000 so‘m balansga tushadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system