Dilshod Anarmetov “Bilayn” Markaziy hududiy filialining direktori etib tayinlandi
13.07.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) Dilshod Anarmetov “Unitel” Markaziy hududiy filiali direktori lavozimiga tayinlanganligi haqida e’lon qiladi. U bu lavozimni kompaniyani 2011 yil 1 aprel kuni tark etgan Bahrom Maxatovning o‘rnini egalladi.

“Jizzax viloyatida tug‘ilgan Dilshod hududning xususiyatlarini mufassal egallagan. O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridagi muvaffaqiyatli faoliyat tajribasi esa uning kuchli menejerlik sifatlaridan darak beradi, – qayd qiladi “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev. – Markaziy filial katta salohiyatga ega va ishonamizki, “Bilayn”ni yangi direktor rahbarligi ostida ikkala viloyatda dinamik rivojlanish kutmoqda”.

“Unitel”ning markaziy hududiy filiali Samarqand va Jizzax viloyati abonentlariga xizmat ko‘rsatadi.

beeline_13_07_2011

“Men “Bilayndagi” karyeramni tug‘ilgan shuhrimda davom ettirishdan xursandman, – dedi Dilshod Anarmetov. – Ilgarigi pozitsiyalarda orttirgan tajribam yangi lavozimda keyingi qadamlarni aniq ko‘rish imkoniyatini beradi. Yaqin vaqtlarda Samarqandda bo‘lgani kabi, Jizzaxda ham (tutash tumanlar kirgan holda) o‘nlab yangi 3G baza stansiyalari ishga tushiriladi. Bu aloqamiz sifatini yangi darajaga olib chiqadi.”

Dilshod Anarmetov 1977 yil 4 iyun kuni Jizzaxda tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent alqa elektrotexnika institutini “Telekommunikatsiyalar” mutaxassiligi bo‘yicha tamomlagan. Uning keyingi butun faoliyati telekom tarmog‘i bilan bog‘liq.

2002 yildan Dilshod o‘sha paytda CDMA standartli uyali aloqa uchun uskunalar yetkazib berishni boshlagan “Jizzax Telekom” filialida ishlagan. 2004 yilda “Jizzax Telekom” hududiy tarmog‘iga xizmat ko‘rsatuvchi “Telecom Inc.” QK ga ishga o‘tgan. 2005 yilda esa kompaniyalar orasida shartnoma tugatilganligi sababli “O‘zbektelekom Mobayl” ga qaytgan.

206 yilning 4 sentyabrida Dilshod “Unitel” MCHJ ga Markaziy huddiy filial direktorining Jizzaxdagi operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan. Mazkur pozitsiyada erishgan muvaffaqiyatlari uchun u 2009 yilda “Unitel”ning Janubi-G‘arbiy hududiy filialining tijorat direktori etib tayinlandi.

Dilshod Anarmetov oilali, uning uchta farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq