“Bilayn” dan “Yarim narxga rouming” aksiyasi davom etmoqda!

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Yarim narxga rouming” aksiyasini davom ettirmoqda. 2011 yil 30 sentyabrga qadar “Bilayn” abonentlariga xalqaro roumingda 2 barobar arzon narxda so‘zlashish kabi noyob imkoniyat taqdim etilmoqda.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” ning Texnik direktori Anton Golikov quyidagilarni qayd qildi: Aksiya Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonga ketayotgan abonentlar orasida katta ommalashuvga erishdi. Xarajatlarni 50% ga pasaytirilishi aynan yozda – ta’tillar mavsumining avj olgan paytida asqotdi va biz mijozlarimizga bu kabi sovg‘a qilganimizdan xursandmiz”.

beeline_11_07_2011

“Yarim narxga Rouming” xizmatini yoqtirib, abonent barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar hamda O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, shuningdek, turgan mamlakatga bo‘lgan chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga 50% chegirma oladi. Xizmatga ulanish uchun bir martalik to‘lov $3 ga teng. O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar $1,2 ga teng.

Turgan mamlakatga bo‘lgan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi uchun $0,6 miqdorida tarifikatsiyalanadi. Xalqaro qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar va GPRS-trafik “Bilayn” zonasining xalqaro roumingdagi standart tariflariga muvofiq keladi.

Xizmatning amal qilish muddati – ulangan paytdan boshlab 30 kun. Yuridik shaxslar xizmatni yoqtirish uchun yaqin sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga xalqaro rouming va “Yarim narxga rouming” xizmatini yoqtirish haqida yozma ariza bilan murojaat etishlari yoki yozma arizani faks orqali jo‘natishlari lozim.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system