MTS-O‘zbekiston kompaniyasining «Yaqin mamlakatlar» xizmati bilan bir qator MDH davlatlariga qo‘ng‘iriqlar 24% ga arzonlashdi

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, yangi «Yaqin mamlakatlar» xizmati ishga tushirilishini ma’lum qiladi. Unga ulangan kompaniya abonentlari bir qator MDH mamlakatlariga arzon narxlarda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

2011 yil 1 iyuldan boshlab MTS-O‘zbekiston kompaniyasi xalqaro aloqadan ko‘p foydalanuvchi kompaniya abonentlariga yangi «Yaqin mamlakatlar» xizmatidan foydalanishni taklif etadi. Xizmatga ulansangiz, Belarus, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi MDH mamlakatlariga qo‘ng‘irog‘ingizning 1 daqiqasi atigi $0,25 bo‘ladi, buning ustiga xizmatning abonent to‘lovi kuniga atigi $0,02, aktivlashtirish esa atigi – $0,05.

Xizmatni quyidagi usullar bilan aktivlashtirish/o‘chirishish mumkin:
• Mobil portal *111# orqali
• «Internet-yordamchi» yoki «Korporativ Internet yordamchi» orqali
• Ofisga murojaat qilib, yozma ariza orqali
• USSD-komandalar orqali
• Aktivlashtirish *111*0291#
• O‘chirish *111*0290#
• Holatni tekshirish *111*029#
• BOSS (SMS-yordamchi) orqali
• Aktivlashtirish 616029 raqamiga 1 raqami yuborib
• O‘chirish 616029 raqamiga 0 raqami yuborib
• Holatni tekshirish 616029 raqamiga bo‘sh xabar yuboring
• Korporativ abonentlar «Korporativ Internet yordamchi» yoki ofisda yozma ariza orqali xizmatni aktivlashtiradi

«Taklifimiz birinchi navbatda yaqin xorij mamlakatlariga ko‘plab qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradigan abonentlarga mo‘ljallangan. Shu sababli ushbu xizmatni ishlab chiqishda biz bunday abonentlarning barcha ehtiyojlarini o‘rgandik va eng talabga ega yo‘nalishlarga arzon qo‘ng‘iroqlarni nazarda tutgan aniq va tushunarli narxlash tizimini ishlab chiqdik. “Yaqin mamlakatlar” xizmatini ulab, abonentlarimiz MDHning ko‘pgina davlatlaridagi yaqinlari va do‘stlari bilan yanada ko’proq muloqot qila oladilar», — deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmonov.

Izoh:

Xizmatdan «Uzdunrobita» korxonasining barcha tariflariga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin (RED Basic, RED Night, RED Light, Time Basic, Time Light abonentlaridan tashqari).

Xizmatlar haqida qo‘shimcha ma’lumotni kompaniya ofislarida, MTSning www.mts.uz saytida va 0890 raqami orqali Aloqa markazida bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system