“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Farg‘ona viloyatiga keldi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi o‘kazilishi haqida habar beradi. 5 iyul kuni “Unitel” ning Sharqiy hududiy filiali xodimlari viloyat maktablarida bo‘ldilar.

“Shu kunlarda “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi va men kompaniyaning Qo‘qon bo‘linmasi xodimlari unda faol ishtirok etayotganlaridan xursandman, — dedi “Unitel” ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – Biz internetlashtirish jarayoni mamlakatimizning barcha hududini qamrab olishiga intilmoqdamiz va bu barcha texnologiyalardan birinchi navbatda yangi avlodda foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak”.

beeline_8_07_2011

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 2-sonli maktabning kutubuxona va kompyuter xonasi Internetga ulandi. Mazkur voqeani sharhlar ekan, maktab direktori Zulfiya Egamova kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi: “Men “Bilayn” kompaniyasiga bolalarga yangi biimlar olishda ko‘maklashuvchi kutilmagan va shu bilan birga anchadan beri orzu qilinib kelgan sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bundan tashqari: ushbu axborot kanali pedagoglar uchun ham zarur hisoblandi – ular qo‘lga kiritgan ixtisoslashtirilgan saytlarga kirish imkoniyati ta’lim jarayonini boyitadi”.

beeline_8_07_2011_1

Xuddi shunday aksiya Furqat tumanidagi 2-sonli maktabda ham bo‘lib o‘tdi. U yerda “Bilayn” USB-modemlari yordamida Tarmoqqa kompyuter xonasi ulandi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system