“Bilayn” GPRS-roumingi: kengaytiruv ishlari davom etmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) GPRS-rouming geografiyasning navbatdagi kengaytirilganligi haqida e’lon qiladi. “Astelit” (Ukraina), “Cell One” (Namibiya), “Digicel” (Trinidad va Tobago), MTN (JAR), “Orange” (Tunis), “Xfera Moviles” (Ispaniya) va MTS (Rossiya) kompaniyalari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

“Har kuni kundalik faoliyati Mobil Internet bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan odamlar soni oshib bormoqda, — deydi “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov. – Ularning ko‘pchiligi xorij safarlarini amalga oshiradilar va ular uchun nafaqat aloqda qolish, balki Tarmoqqa domiy ravishda kirish imkoniyati bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biz birinchi raqamli rouming-operator abonentlari xizmat safarlari va sayohat paytida bu haqda qayg‘urmasliklari uchun bor g‘ayratimizni ishga solmoqdamiz”.

beeline_7_07_2011

Eslatib o‘tamiz, 1 iyundan boshlab “Bilayn” tarif zonasida (Rossiya, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi “Bilayn” tarmoqlari) 1 Mb internet-trafik qiymati $1,5 gacha pasaytirilgan edi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system