“Malika Toshkent” mehmonxonasi – “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ida
05.07.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Malika Toshkent” uch yulduzli mehmonxonasining “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari mazkur mehmonxonada 15% va 20% lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Biz hamkorlik tarmog‘imizning yangi ishtirokchisini qarshi olishdan xursandmiz, – mazkur voqeani sharhlaydi “Unitel” Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Beeline Club” O‘zbekistonning turli shaharlaridagi ko‘plab mehmonxonalarni birlashtiradi va “Malika Toshkent” o‘zining milliy koloriti bilan klub imtiyozlari ro‘yxatiga ajoyib qo‘shimcha bo‘ldi”.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq