“Bilayn” I yarim yillikda xayriya ishlari uchun 300 mln. so‘m yo‘naltirdi
05.07.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) 2011 yil I yarim yillikdagi xayriya faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda. Joriy yil birinchi 6 oyi mobaynida ushbu maqsadlarga 300 mln so‘m yo‘naltirildi.

“Bilayn”ning O‘zbekistonga kelgan kunidan boshlab korporativ ijtimoiy mas’uliyat va hayriya operator faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Mazkur faoliyatning an’anaviy yo‘nalishlari – sportni, ta’lim va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo’lib, shu qatorda kompaniya uchun bolalar, faxriylar va nogironlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan gumanitar aksiyalar ham muhim hisoblanadi. Jumladan, Xotira va qadrlash kuni arafasida “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda Ikkinchi Jahon urushining yuzlab qatnashchilariga tantanali ziyofat marosimi tashkil etildi.

I yarim yillik yakunlarini sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Oxirgi oylar O‘zbekistonning sport sohasida katta muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Futbolchilarimiz tarixda birinchi bor o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finaliga chiqdilar. Biz “Bilayn” Bolalar sportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga homiylik qilgan holda mamlakatning sport sohasidagi yutuqlariga qo‘shayotgan hissamizdan faxrlanamiz. Vishvanatan Anand va Rustam Qosimjonov o‘rtasidagi match kabi tomoshali tadbirlar ham biz qo‘llab-quvvatlayotgan Shaxmat federatsiyasi yordamida amalga oshirilmoqda”.

Shu kunlrda mamlakatning barcha viloyatlarida “Bolalar uchun mobil Internet” xayriya marafoni bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida kompaniya vakillari “Bilayn” USB-modemlari yordamida qishloq maktablari, internatlar va Muruvvat Uylarining kompyuter xonalarini Tarmoqqa ulamoqdalar.

Kompaniya butun respublika bo‘ylab millionlab abonentlarga xizmat ko‘rsatmoqda. “Bilayn” ofislari har bir viloyat markazlarida ochilgan, shuning uchun operatorning ijtimoiy strategiyasida munitsipal va hududiy ma’muriyatlar bilan uzviy hamkorlikda hududlarni obodonlashtirishga yordam ko‘rsatish jiddiy rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Mustaqilligining 20-yilligini nishonlash arafasida mazkur yo‘nalish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha katta bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Kompaniya sa’y-harakatlarini uning butun mamalakatdagi nafaqat hayriya aksiyalarida ishtirok etuvchi, balki uning tashabbuskorlari bo‘luvchi xodimlari ham qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq