“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Andijon viloyatida bo‘lib o‘tmoqda
04.07.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi o‘tkazilishi haqida xabar beradi. 1 iyul kuni “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali xodimlari viloyatning turli tumanlaridagi bir nechta bolalar muassasalarida bo‘ldilar.

“Qayrib bir yil avval “Bilayn” operatorlardan birinchi bo‘lib Farg‘ona vodiysining eng yirik shaharlarida uchinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirdi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktorii Sanjarbek Iminov. – Yaqinda 3G tarmoqlarining qamrov zonasini jiddiy ravishda kengaytiramiz, chunki Internetga mamlakatning eng chekka hududlaridan ham kirish imkoniyatini yaratishni istaymiz. “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi ilgari tarmoqqa kirish imkoniyati bo‘lmagan bolalarga mazkur imkoniyatni taqdim qiladi. Biz esa ular “Bilayn” yordamida Internet bilan tanishganlaridan xursandmiz.

Kompaniya filiali tomonidan sovg‘a qilingan “Bilayn” USB-modemlari yordamida Internet tarmog‘iga Andijon viloyati 17 – maxsus maktab-internati, Asaka tumanining 16 – maxsus maktab-internati, Buloqboshi tumanining 11 – sanatoriy maktab-internati, Paxtaobod tumanining 31 – maktab internati va Qo‘rg‘ontepa tumani Muruvvat uyining kompyuter xonalari ulangan. Andijon ofisi xodimlari o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarga masofali o‘qitishning afzalliklari hamda Butunjahon Tarmog‘ida ta’limga oid va ko‘ngilochar axborotlarni qidirib topishning yengilligini namoyish qildilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq