“Ipak Yo‘li” banki “Beeline Business”ning birlashtirilgan yechimini tanladi
29.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Ipak Yo‘li” Ochiq Aksionerlik innovatsion tijorat banki uchun birlashtirilgan xizmatlarni yetkazib beruvchi sifatida tanlandi. Bu “Birlashtirilgan VPLAN” (Virtual Private Local Area Network – xususiy virtual ma’lumotlar o‘tkazish tarmog‘i) noyob xizmatiga ulangan birinchi mijoz hitsoblanadi.

“Ilgari mazkur servis foydalanilayotgan texnologiyalarga mos ravishda bo‘lingan edi va o‘zida yo qo‘zg‘almas aloqani, yo ma’lumotlar o‘tkazishning mobil tarmog‘ini ifoda etar edi. – mazkur voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Erkin Achildiev. – “Unitel” va “Buzton” ning birlashuvi natijasida “Bilayn” mijozlarga birlashtirilgan yechimlar va paketli takliflarni taqdim eta oladi. Biz bizning yangi ishlanmamizni o‘zida joriy qilgan “Ipak Yo‘li” bankining innovatsion yondashuvini qadrlaymiz”.

“Birlashtirilgan VPLAN” xizmatlari afzalliklari ichida O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlar yetkazishning yagona korporativ tarmog‘ini shakllantirishdan tashqari simli texnologiyalar asosida qurilgan tarmoq tayanch uchastkalarini zaxira qilib qo‘yishni; ofisdan tashqaridagi xodimlar uchun tarmoqqa kira olish imkoniyatini, shuningdek borish qiyin bo‘lgan obyektlarning qamrovini ham qayd qilish joiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq