“Bilayn” GPRS-roumingi: yangi kengayish
28.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) GPRS-rouming geografiyasining yangi kengayuvi haqida xabar beradi. “Vodafone” (Hindiston) va CTM (Makao) kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.

“Mobil Internetdan foydalanuvchilarning soni roumingda ham tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, — deydi “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov. – Birinchi raqamli rouming-operatori mavqei nafaqat dunyo bo‘ylab servisni ta’minlash, balki abonentlarga tanlash imkonini taqdim etish vazifasini ham yuklaydi. Aynan shuning uchun xorijiy hamkorlarni qidirish ishlari doimiy ravishda amalga oshirilib boriladi”.

beeline_28_06_2011

Eslatib o‘tamiz, 1 iyundan boshlab “Bilayn” tarif zonasida (Rossiya, Armeniya, Gruziya, Qozig‘iston, Qirg‘izston va Tojikistondagi “Bilayn” tarmoqlari) 1 Mb internet-trafikning qiymati $1,5 gacha tushirildi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq