UCell: mijozlar uchun ulkan takliflar
24.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistondagi ikkinchi mobil operatori, Yevropadagi eng yirik telekomunikatcion operatorlar ichida beshinchi o‘rinni egallab turuvchi TeliaSonera a’zosi hisoblangan Ucell o‘zining yangi korporativ brendini taqdim etishi munosabati bilan o‘z mijozlariga ko‘pgina sovg‘alar – yangi xizmat turlari va narhi arzonlashtirilgan rang barang takliflarni taqdim etdi.

Hozirda Ucell yurtimizda tez o‘sib kelayotgan va maftunkor operator bo‘lib buni o‘z faoliati davomida isbotlamoqda va bir qancha juda yorqin yangi takliflarni taqdim etmoqda:

“Ucell dunyosi” yangi tarif rejasi
Ushbu yangi tarif rejasi o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan yanada ko‘proq muloqot qilishni hohlagan hamda mobil internet xizmatlaridan ko‘p foidalanuvchi faol abonentlar uchun yaratilgan.

Tarif ichida bir daqiqa narxi muloqotning birinchi daqiqasidan boshlab atiga 1/10 cent. Ya’ni 2 centga 20 daqiqa gaplashish mumkin. SMS va MMS xizmatlari ham huddi shunday arzon narxlarda. Shuningdek bu tarif reja hech qanday abonent to‘lovisiz va hamma kirish qo‘ng‘iroqlari bepul. Bundan tashqari 1 MB internet narxi atiga 4 cent va boshqa yo‘nalishlarga chiqish qo‘ng‘iroqlari yagona 2 cent narxida.

“Yozgi sonata” aktciyasi
Siz Hyundai Sonata avtomobili, Svetsiyada ishlangan soat yoki Samsungning internet planshetiga ega bo‘lishni hohlaysizmi? Unda Ucell ning yangi “Yozgi sonata” aktciyasida ishtirok etin.

Bunda abonent o‘zini hisobini 5000 so‘m bilan to‘ldirib bal to‘plab borishi kifoya. Eng ko‘p bal to‘plagan abonent g‘olib deb topiladi. 3 va undan yuqori bal to‘plagan abonentlar bepul daqiqa va SMS paketlariga ega bo‘ladilar.

Yangi aktciya va xizmatlar
Internettan foidalanishni yaxshi ko‘ruvchilar uchun “20 marta ko‘p” aktciyasi taklif etilmoqda. Unda 16 iyundan boshlab ikki hafta davomida kuniga internet uchun 20 cent ishlatib kun davomida internet xizmatidan 20 marta ko‘p foidalanishingiz mumkin (ya’ni 4 AQShdollari).

“Do‘stingni top” bazasidagi xizmat turning sinov shakli ikki hafta davomida hamma uchun bepul foidalanishga topshiriladi. Ushbu xizmat turi yordamida abonent SMS xabarlar orqali boshqa abonentning qayerda ekanligi haqida ma’lumotga (faqatgina uning roziligi bilan) ega bo‘lishi mumkin. Ucell birinchilardan bo‘lib bunday xizmat turini taklif qilmoqda.

Bundan tashqari 16 iyundan boshlab Android bazasidagi 5 xil smartfon sotuvga qo‘yiladi. Bular: Samsung Galaxy S abonent hisobiga 200$ bonusi bilan, Samsung Galaxy Ace abonent hisobiga 150$ bonusi bilan, Huawei U8800 abonent hisobiga 150$ bonusi bilan, Huawei IDEOS abonent hisobiga 100$ bonusi bilan va ZTE Blade abonent hisobiga 100$ bonusi bilan. Barcha bonuslarni 30 kun davomida ishlatish mumkin. Shungdek mashhur ZTE kompaniyasidan 3G turidagi ikki hil modem.

Korporotiv mijozlar ham esdan chiqmagan. Ucell korporativ tariflardagi narxlarni keskin arzonlashtirdi.

2011 yilning 16 iyunidan 30 sentyabiriga qadar “100”, “300”, “500”, “1000” va “Unlimited” korporativ tariflariga ulangan va yangi abonentlar uchun daqiqalar soni, SMS va internet xizmatlari ikki martaga oshiriladi.

2011 yilning 16 iyunidan boshlab “Unlimited” tarifiga ulangan va yangi abonentlar uchun abonent to‘lovi 2 marta arzonlashtirildi va hozirda abonent to‘lov narxi atiga 20$ bo’ldi.

2011 yilning 16 iyunidan Ucell “FACT”, “100”, “300”, “500”, “1000” va “Unlimited” tarif planlarini sezilarli darajada arzonlashtirmoqda.

Bu va boshqa ko‘pgina ajoyib syurprizlar Ucell abonentlarini kutib qolmoqda.

Ushbu takliflar haqidagi batafsil ma’lumotlarni Ucell ofislaridan hamda www.ucell.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq