“Bilayn”ning Toshkent xududiy filialining direktori etib Archil Magradze tayinlandi
23.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) Archil Magradze “Unitel”ning Toshkent xududiy filiali direktori lavozimiga tayinlanganligi haqida e’lon qiladi. U bu lavozimda ilgari bo‘lgan, kompaniyani 2011 yil 1 aprel kuni tark etgan Shuxrat Toxtabaev o‘rnini egalladi.

Mazkur tayinlanishni sharhlar ekan, “Unitel” ning xududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev quyidagilarni qayd qildi: “Archil qat’iy raqobat va telekomda jiddiy ekspertiza borasida noyob tajribaga ega. Ishonmanki, muhim filial rahbari g‘oyalari va professionalligi, uning poytaxt xududida biznesni rivojlantirishga qaratilgan niyatlari kompaniyaning yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi».

beeline_23_06_2011

“O‘zbekistonda biznes miqyosi ham professional rivojlanish, ham eng ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish uchun ulkan imkoniyatlarni ochib bermoqda, — dedi Archil Magradze. – Filialning asosiy ustuvorliklari biznes samaradarligini yanada oshirish, tarmoqni kengaytirish va servisni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Ishonmanki, “Bilayn”ning mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishi bizning bozordagi o‘rnimizni mustahkamlash imkonini beradi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel”ning Toshkent hududiy filiali poytaxt, shuningdek, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari abonentlariga xizmat ko‘rsatadi.

Archil Magradze 1978 yil 10 iyul kuni Tbilisi (Gruziya) shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Halqaro biznes va huquq universitetining halqaro huquq fakultetini tamomlagan. Bir paytning o‘zida Gumanitar-texnik institutida xalqaro iqtisodiy aloqalar sohasida bakalavr darajasini egallagan.

Uning telekommunikatsiyalar sohasidagi karyerasi 1996 yilda Gruziyadagi birinchi uyali aloqa komapniyasi — MegaCom Ltd. da boshlanib, u yerda 9 yil mobaynida mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeridan to savdo direktorigacha ko‘tarilgan.

2006 yilda Archil “Mobitel” jamoasiga qo‘shildi. U paytda “Bilayn” brendiga o‘tish jarayonlari boshlangan edi. 2007 yildan 2008 yilga qadar u kompaniyaning Batumidagi filialiga rahbarlik qildi, 2008 yilda esa Gruziyada “Bilayn” ning Tijorat direktori lavozimini egalladi.
Ishdan va professional rivojlanishdan tashqari paytlarda snoubording bilan shug‘ullanadi. Oilali, uchta farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq