Surxondaryoda “Bolalarga uchun mobil Internet” aksiyasi boshlandi
22.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) O‘bekistonning barcha hududlarida “Bolalarga mobil Internet” aksiyasi o‘tkazilishi haqida xabar qiladi. 21 iyun kuni “Unitel”ning Janubiy hududiy filiali xodimlari Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi 12-sonli Mehribonlik Uyida bo‘ldilar.

“Joriy yil kompaniya uchun mobil Internentning gurkirab rivojlanishi belgisi ostida o‘tmoqda, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Janubiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov. – Tez kunlarda Surxondaryo va Qashqadaryoda “Bilayn” 3G ning mukammal tarmog‘i ishga tushiriladi. Biz shuni istardikki, qishloq tumanlaridagi bolalar ham mobil texnolgiyalardan foydalana olsinlar”.

Mehribonlik Uyining kompyuter xonasi Internetga kompaniya filiali tomonidan hadya qilingan “Bilayn” USB-modemlari orqali ulandi. Termiz ofisi xodimlari bolalar uchun tanishtiruv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, masofali o‘qitishning afzallikalirini va Butunjahon Tarmog‘ida ta’lim hamda ko‘ngil ochishga oid axborotlarni oson qidirib topishni namoyish qildilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq