“Bilayn” mobil Internet narxini $0,002 gacha pasaytirmoqda
20.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Klik” tarif rejasining va “Klik Maksi” xizmatining shartlari yaxshilanganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda “Klik” tarifida tungi paytda Internetdan abonent to‘lovisiz atigi $0,01/1 Mb foydalanish mumkin.

Mazkur ovqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” mobil Internetidan foydalanish hech bir vaqtda bo‘lmaganidek qulay bo‘lib qoldi. Maksimal moslashuvchan shartlar har bir abonentga aynan unga ma’qul bo‘lgan ish rejimini tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tungi Internet narxining misli bo‘lmagan darajada pasaytirilishi uni mutlaq ommabop qilib qo‘ydi”.

beeline_20_06_2011

“Klik Maksi” yangilangan xizmati kunduzi (09:00 dan 01:00 gacha) $0,02/1 Mb, tungi payt esa (01:00 dan 09:00 gacha) atigi $0,002/1 Mb qiymatda mobil Internetdan foydalanishni taklif qiladi. Bunda abonent to‘lovi sutkasiga – $0,4. “Klik” va “Klik Maksi” tarifilaridan bir-biriga o‘tish mutlaqo bepul.

“Klik” tarifi shuningdek “USB-modem Bilayn” xizmati bilan ham taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq