“Bilayn” “Uchinchi avlod-2011” dasturi doirasida amaliyotchilarni qabul qilmoqda
17.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) “Uchinchi avlod” dasturining uchinchi mavsumi boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 20 iyun kuni “Bilayn”da Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Singapur menejmentni rviojlantirish instituti hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining 18 ta III va IV kurs talabalari amaliyot o‘tashni boshlaydilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Shaxsiy tarkib bilan ishlash hamda tashkiliy rivojlantirish masalalari bo‘yicha direktorii Marina Ushankova shunday dedi: “2009 yilda yo’lga qo’yilgan “Uchinchi avlod” loyihasi nafaqat kompaniyamizning yaxshi an’anasiga, balki kelajakka yo‘naltirilgan hal qiluvchi tashabbuslardan biriga aylandi. Yil sayin oliygohlar bitiruvchilarini jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan komapnyailar soni oshib bormoqda, biroq mamlakatimizda mazkur loyihaga o‘xshashi yo‘q. Mas’uliyatli ish beruvchi mavqei ko‘p narsani talab qiladi va biz kelajakda xodimlarimizga aylanishi mumkin bo‘lgan amaliyotchilarimizni tanlashga va o‘qitishga o‘ta mas’uliyat bilan qaraymiz.

Mazkur loyiha oliygohlarning yaxshi akademik o‘zlashtirishga ega bitiruvchilari va yuqori kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqilib, shaxsiy rahbar tayinlanadi. U o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yordamlashadi. Bundan tashqari, talabalarni tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bir qator noyob professional treninglar va har kunlik jarayonlarda to‘laqonli ishtirok etish kutmoqda.

“Bu yili PR amaliyotchiarni jalb qilgan holda dasturda ilk bor ishtirok etmoqda, – qayd qiladi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ishonamanki, tanlovdan o‘tgan talabalar, kompaniyaga nafaqat tez moslashib ketadilar, balki turli bo‘linmalar faoliyatiga yangi g‘oyalarni kiritadilar”.

“Uchinchi avlod” dasturi ilk bor ikki yil avval O’zbiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 – son Qarori bilan tasdiqlangan O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish doirasida yo’lga qo’yilgan. Dasturning maqsadi amaliyot o’tash va keyinchalik komapnyaiga ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni tanlab lolish, shuningdek, o’ta murakkab vakansiyalar uchun professional zahira tayyorlashdan iborat.

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohda o‘qish va kompanayida ishlashning qo‘shma grafigi, istiqbolda esa – “Bilayn”ning doimiy xodimining o‘rni taklif qilinadi. “Uchinchi avlod” doirasida amaliyot muddati 2011 yilning 20 iyunidan 20 avgustiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq