“Bilayn” Wap-trafikning narxini 6 barobardan ko‘pga arzonlashtirmoqda
14.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Wap-trafikning narxi 6 barobardan ko‘pga arzonlashtirilganligi haqida xabar beradi.

“Biz ximatlarimiz narxini arzonlashitirish ustida ishlarni davom ettirmoqdamiz, – deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Mamlakatimizda mobil Internetdan foydalanuvchilarning soni allaqachon simli KTU foydalanuvchilarining sonidan oshdi, shuning uchun “Bilayn” ning integrallashgan operator sifatida mamlakatni internetlashtirishga qo‘shgan hissasi yanada o‘sdi”.

Endilikda 1 Mb Wap-trafik narxi tanlangan tarifga muvofiq bo‘lgan internet-trafikka teng bo‘ladi. Wap xizmatidan foydalanishda tarifikatsiya kvanti, shuningdek, GPRS-Internet kvantiga tenglashtiriladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq