“Bilayn” hisob har 5000 so‘mga to‘ldirilganda 500 ta SMS sovg‘a qiladi
14.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi aksiya ishga tushirilganligi haqida xabar qiladi. 2011 yil 30 iyunga qadar abonent hisobni bir martalik to‘lov bilan 5000 so‘m miqdorida to‘ldirsa sovg‘a tariqaisda 500 ta mahalliy SMS ga ega bo‘ladi.

“Yoz – faol muloqot mavsumi va biz abonentlarimizga hadya sifatida ko‘p sonli SMS larni taklif qilgan holda yana bir sovg‘a qilmoqchimiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Marat Serikov. – Ishonamanki, mazkur taklif avvalo yoshlarga ma’qul kelib, ushbu aksiya aynan ularga mo‘ljallangan”.

beeline_14_06_2011

Bonusli SMS larning amal qilish muddati – 3 kun. Hisob belgilangan miqdorda qayta to‘ldirilganda bonusli xabarlar birlashtirilib, ularning amal qilish muddati oxirgi to‘ldirilgan paytdan boshlab yana 3 kunga uzaytiriladi. Bepul SMS lar qolig‘ini *105# USSD–komandasi orqali ko‘rish mumkin.

Aksiya “Xit” tariflar seriyasidan tashqari oldindan to‘lov tizimining barcha tarif rejalarida amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq