Vera Brejnevaning “Lyubov spaset mir” xiti “Bilayn” otashin o‘ntaligiga yetakchilik qilmoqda
13.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Mening musiqam” xizmatining (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa) otashin TOP-10 xitlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar qiladi. Ommaviy servisning yuz minglab foydalanuvchilari tanlovi asosida tashkil qilinadigan chartga “VIA Gra” guruhining eks-solisti Vera Brejnevaning qo‘shig‘i yetakchilik qilmoqda.

beeline_13_06_2011

“Bu Rossiya qo‘shiqchisi RBT xit-paradining eng yuqori pog‘onasini egallagan kadan-kam hollardan biridir va biz u “Bilayn”ning eng oldingi abonentlaridan biri – Vera Brejneva ekanligidan xursandmiz, – TOP-10 talik yakunlarini izohlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov. – “Mening musiqam” fonotekasi eng aktual kompozitsiyalar hisobiga borgan sari kengaymoqda va ishonamanki, yoz bizga yanayam ko‘proq xitlarni sovg‘a qiladi”.

beeline_13_06_2011_1

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Vera Brejneva “Bilayn”ning Rostov-na-Donudagi flagman savdo va xizmat ko‘rsatish ofisining ochilishida ishtirok etdi. O‘shanda qo‘shiqchi sahnadan turib, “Men anchadan beri “Bilayn”ning abonentiman va sizlar meni o‘zinikilar sifatida qabul qilasizlar” deya yorqin operatorga sevgi izhor qilgan holda tashkilotchilarga kutilmagan sovg‘ani taqdim etdi.

beeline_13_06_2011_2

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyun oyida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

“Lyubov spaset mir” taronasning SMS ID si – 8001353.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq