Oq yo‘l Sizga! Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrlari!
10.06.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: www.tuit.uz.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi ochildi. O‘tgan o‘n bir ichida universitetda 1213 dan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasiga ega bo‘ldilar.

Magistr – bu keng ilmga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan hamnafas, ilmiy tadqiqot ishlariga tayyor bo‘lgan mutaxassisdir. Universitetda magistrlarga bilim berish borasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.

img_0001

Har o‘quv yilida magistrlarga diplom topshirish marosimi universitetda tantanali ravishda bayramona ruhda o‘tkaziladi. Ushbu marosimga hurmatli mexmonlar, ustozlar va ota-onalar bilan birga barcha xohlovchilar taklif etiladilar. Shu kuni hamma xursand. Magistrlar bilan bir qatorda ustozlar va ota-onalar ham o‘zgacha his-hayajonlarini yashira olmaydilar.

2011 yil 10 iyundaham an’anani davom ettirgan holda, qadrli magistrlarga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish marosimio‘tkazildi. Uni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori H.A.Muxitdinov kirish so‘zi bilan ochdi.

img_0002

2011 yilda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 217 ta magistrlarimiz dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega bo‘lishdi.

Universitetning 4 ta fakultetida magistratura bo‘limi mavjud.

Iqtisod va boshqaruv fakutetida 2 ta mutaxassislik: “Menejment (tarmoqlar bo‘yicha)” va “Iqtisodiyot” mutaxasisliklarida o‘tgan yillar davomida 175 ta magistr bitirgan bo‘lsa, bu yilgi bitiruvchi magistrlar soni 18 tadir.

Axborot texnologiyalari fakultetida bu yil 82 ta magistr 8 ta mutaxassislik: “Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minoti”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Axborotni boshqarish va ishlov berish”, “Axborot xavfsizligi” va “Elektron tijorat”, “Amaliy informatika”, “Kasb-hunar fanlarini o‘qitish metodikasi (informatika)”, “Biotexnik tizimlarning texnik va dasturiy ta’minoti”, “Kriptogrofiya va kriptoanaliz” bo‘yicha tamomlashdi.

Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakultetida 3 ta mutaxassislik: “Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari” va “Mobil aloqa tizimlari” “Raqamli televidenie va radioeshittirish” bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi, shu kungacha 160 ta magistr fakultetni tamomlagan bo‘lsa, ushbu yilda fakultetni 31 ta magistr tugatmoqda.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida 4 ta mutaxassislik : “Aloqa tarmoqlari, uzellari va axborot taqsimoti”, “Aloqa va axborotga ishlov berishning optik tizimlari telekommunikatsiya” “Aloqa tarmoqlari va boshqaruv tizimlari”, “Kasb-hunar fanlarini o‘qitish metodikasi” bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi shu kungacha fakultetni 397 ta magistr tugatgan bo‘lsa, bu o‘quv yilida 40 ta magistr tugatmoqda.

Universitetda magistrlarni bilim olishlari va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo‘lgan axborot resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, internet tizimidan keng foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bizning magistrlarimiz xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarida ham malakalarini oshirib kelmoqdalar.

TATU magistraturasi mutaxassislar tayyorlashda respublika hududida joylashgan xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklarning filiallari bilan hamkorlik qiladi. Bular qatoriga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “O‘zbektelekom”, “MTS”, “Bilayn” va boshqa bir qator kompaniyalar kiradi.

Kelajakda yanada yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar universitetlari professorlarini, jumladan Hindiston, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan taklif etish rejalashtirilgan.

img_0032

TATU Magistr bitiruvchilarikelgusida respublikamiz aloqa va axborotlashtirish sohasining yanada rivojlanishi uchun o‘z ulushlarini qo‘shishlariga shubha yo‘q.

Tantanali marosimda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari, jumladan, O‘zAAA bosh direktori birinchi o‘rinbosari X. Mirzaxidov, O‘ztelekom” aksiyadorlik kompaniyasi direktoriM.Maxmudov, “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi bosh direktori, professor T.Iminov, sRRT rahbari Sh.Abidxodjaev, ToshTT rahbari A.Abdumo‘minov, Matbuot tarqatuvchi AK rahbari S.Najmiddinov, UzNET rahbari B.Abdurasulovlar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar bitiruvchi magistrlarga oq yo‘l tilab, keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq