“Bilayn” 0612 — yangi mijozlarga xizmat ko‘rsatish servis raqamini joriy qildi
10.06.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 0612 – yangi mijozlarga xizmat ko‘rsatish servis raqamini taqdim qiladi.

“Endilikda “Bilayn” xizmatlari bo‘yicha keyinga qoldirib bo‘lmaydigan masalalarni hal qilish uchun abonentlar tezda call-markaz bilan ulana olishlari mumkin – deydi “Unitel”ning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Oksana Modelova. – Yangi pulli liniya haqiqatan ham zarur bo‘lganda operator bilan bir zumda aloqaga chiqish imkoniyatini beradi”.

beeline_10_06_2011

0612 ga qo‘ng‘iroq qilishning narxi — $0,02/daq. 0611 joriy servis raqami bepul bo‘lib qolaveradi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq